Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Haitiga katta delegatsiya yuboradi
AQSh davlat departamenti Haitida prezident Jovenel Moiz o‘ldirilgandan keyin yuzaga kelgan siyosiy inqirozni hal etish uchun u yerga katta delegatsiya yuborishga qaror qildi.
Juno7 nashrining xabar berishicha, delegatsiyaga AQSh prezidentining maxsus yordamchisi Xuan Gonsales va AQSh davlat kotibining G‘arbiy yarimshar ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Laura Loxman kiritilgan.
Amerikalik diplomatlar Haiti bosh vaziri vazifasini bajarib kelayotgan Klod Jozef va senat tomonidan vaqtincha prezident etib e'lon qilingan Jozef Lamber bilan uchrashadi. Delegatsiyaning qolgan a'zolari haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Ayni vaqtda Haitida uch kishi prezident lavozimiga da'vogarlik qilmoqda.
Jovenel Moiz 7 iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida o‘ldirildi. Hujum vaqtida uning rafiqasi Martin Moiz yaralangan. Hozirda u AQShda davolanmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025