Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norin daryosida cho‘kkan uch kishining ikki nafari qutqarildi, birining jasadi daryo tubidan topildi
Namangan viloyatida Norin daryosining Uychi tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismida cho‘kkan uch kishining ikki nafari odamlar tomonidan qutqarilgan. Bir nafarining jasadi esa viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi tomonidan daryo tubidan topilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 11 iyul kuni soat 16:46 larda Namangan viloyati FVB navbatchilik qismining 1050 qisqa raqamiga Uychi tuman «O‘nhayot» MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan R.R. hamda yana 2 nafar fuqarolar Uychi tuman «Qumtepa» MFY hududidan oqib o‘tgan Norin daryosida cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko‘ra, voqea joyiga viloyat FVB Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yordamga kelib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilar yetib kelguncha 2 nafar fuqaro mahalliy aholi tomonidan qutqarib olingan. Tezkorlik bilan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida fuqaro R.R.ning jasadi daryoning 2,5 metr chuqurligidan topilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:51 / 08.03.2025