Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mast holda mashina boshqarib, qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida mast holda mashina boshqarib, qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Oliy Sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Kitob tumanida yashovchi Z. Mirzayev mast holda mashina boshqarib borayotib, yo‘lda yo‘lovchi sifatida qo‘l ko‘targan M.Qodirovani avtomashinaning orqa o‘rindig‘iga o‘tqazgan.
Qiz haydovchining mast ekanligini bilgach, Kitob shahri markazi yaqinida tushib qolmoqchi ekanini aytgan. Biroq Z. Mirzayev mashinani to‘xtatmagan. Mast haydovchining g‘ayritabiiy xatti-harakatlaridan qo‘rquvga tushgan qiz katta tezlikda harakatlanib ketayotgan mashina salonidan o‘zini yerga otgan. Haydovchi tan jarohatlari olgan qizga yordam bermasdan, voqea joyidan qochib ketgan.
Yo‘l chetida jarohat olib yotgan M.Qodirovani boshqa yo‘lovchilar shifoxonaga olib borishgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, og‘ir tan jarohatlari olgan qiz shifoxonada vafot etgan.
Tezkor surishtiruvda Z.Mirzayev tezda topilgan va unda mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, Z. Mirzayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 117-moddasi ikkinchi qismi va 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga oshirilgan.
Ta'kidlanishicha, sud hayati Z. Mirzayevga nisbatan muayyan muddatga ozodlikdan mahrum etgan holda jabrlanuvchilarga yetkazilgan 55 million so‘mlik moddiy va ma'naviy zararni undirish jazosini tayinlagan.
Qashqadaryodagi tashkilot rahbari muxbir qizni ishga olish uchun to‘shakka taklif qilgani aytilmoqda
Mavzuga oid
18:36 / 18.09.2024
“Hammadan bir xil undiriladi” - Kitobda yoshlar yetakchilarining maoshi paxta terimi uchun ushlab qolinmoqda
15:11 / 24.08.2024
Samarqandda mast haydovchi ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
12:47 / 29.05.2024
Jizzaxda mast haydovchi birovning savdo do‘konini buzib tashladi
10:32 / 29.03.2024