Jahon | 08:47 / 14.07.2021
5933
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada navbatdagi prezident saylovlari sanasi ma'lum bo‘ldi 

Fransiyada navbatdagi prezident saylovlari 2022 yilning 10 va 24 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Fransiya hukumati vakili Gabriel Attal ma'lum qildi. 

Saylovlarning 1-bosqichi 10 aprelda, 2-bosqichi esa 24 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Attalning ta'kidlashicha, parlament saylovlari esa 2022 yilning 13 va 19 iyunida bo‘lib o‘tadi. 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2017 yil 14 may kuni o‘z lavozimini egallagani sababli uning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanishi hokimiyatni o‘z vorisiga topshirishi 2022 yil 13 maydan kechikishi kerak emas.

Makron ikkinchi muddatga o‘z nomzodini ilgari surishi kutilmoqda.

Shuningdek, Makronga prezident saylovlarida “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen hamda sobiq mehnat vaziri Ksave Bertran raqobatchilik qilishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid