Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 10ta poyezd sotib oladi
Poyezdlar 2021 yilning dekabrigacha olib kelinishi kutilmoqda. 10ta poyezd sotib olish uchun qariyb 8 mlrd so‘m sarflanadi, buning asosiy qismi – Rossiyadan olinadigan qarzlar.
Toshkent metropoliteni 2021 yil 1 dekabrga qadar Rossiyadan 10ta o‘n to‘rt vagonli yangi poyezdlar sotib oladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Toshkent metropoliteni uchun Rossiyaning “Metrovagonmash” kompaniyasidan har biri motorli ikkita bosh vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat 14 vagonli 10ta yangi poyezd xarid qilishi nazarda tutilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 63 ming yevro (yoki 7 mlrd 98 million so‘m)ni tashkil etadi.
Loyihani moliyalashtirish manbalari VeB.RF korporatsiyasining 30,4 million yevro va «Roseksimbank»ning 24,4 million yevroga teng kreditlari hisoblanadi. Shuningdek, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 8 792 yevro (1 mlrd 110 million so‘m) ajratiladi.
O‘zbekiston yangi vagonlar xarid qilish uchun VeB.RF korporatsiyasidan oladigan kreditlarni 11 yil, “Roseksimbank” AJdan jalb qilinadigan qarzlarni esa 12 yilda qaytarishi zarur.
Qarorda yangi poyezdlar yiliga 95 million yo‘lovchi tashishi ko‘zda tutilgan.
Barcha poyezdlar 2021 yil 1 dekabriga qadar olib kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprel oyida VeB.RF korporatsiyasi va Toshkent metropoliteni Rossiyaning “Transmashholding” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘nta zamonaviy metro poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha kredit shartnomasini imzolagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
15:02 / 27.05.2025
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
22:41 / 24.05.2025