Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston: toliblarning sulh sharti, Kobul Pokiston bilan chegaradagi muhim punkt qaytarib olinganini aytmoqda
«Tolibon» harakati hukumat qamoqxonalaridagi 7 ming vakili ozod qilinishi evaziga rasmiy Kobulga uch oylik sulh taklif etgan. Bu haqda payshanba kuni jurnalistlarga Afg‘oniston rasmiy hukumatining muzokaralarda ishtirok etayotgan vakillaridan biri Nodir Nodiriy ma'lum qildi.
«Bu asosiy talab», degan u va toliblar BMT o‘z rahbarlarini «terrorchilarning qora ro‘yxati»dan chiqarilishini istayotganini qo‘shimcha qilgan.
«Tolibon» uch oylik sulh taklif qildi, ammo Afg‘oniston hukumatidan o‘z tarafdorlari bo‘lgan 7000 mahbusni ozod etishni talab qildi. Bu jiddiy talab, avval shunday qilib ko‘rganmiz, lekin «Tolibon» a'zolarining 5 ming nafarini ozod qilish vaziyatni yaxshilamagandi», dedi u.
Keyinroq toliblar vakili Zabihulla Mujohid Afg‘oniston hukumatiga tinchlik sulhi taklif qilgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.
Bu vaqtda Afg‘oniston hukumati chorshanba kuni toliblar tomonidan egallab olingan, Pokistonning Chaman shahri va Afg‘onistonning Boldak uyezdini bog‘laydigan muhim nuqta - «Spin Boldak» nazorat-o‘tkazuv punktini qaytarib olganini ma'lum qildi. Toliblar esa buni inkor etmoqda.
Amerika harbiylari olib chiqilishi boshlangach, radikal kuchlar hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli yurishlar boshlagan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib toliblar mamlakat hududlarining 70 foiz qismini nazorat qilishmoqda. Rasmiy hukumat qo‘lida esa faqat poytaxt va viloyatlar markazlari qolgan.
BMTning Afg‘oniston bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarov mamlakatda gumanitar halokat yuzaga kelayotgani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 38 million aholidan 18 millioni shoshilinch ravishda yordam ko‘rsatilishiga muhtoj.
BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi choragida tinch aholi o‘rtasida qurbonlar soni 2020 yilga nisbatan 29 foizga oshgan. Ular orasida ayollar va bolalar ulushi tobora ko‘payib bormoqda.
Diplomatik sa'y-harakatlar
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani payshanba kuni O‘zbekistonda boshlangan xalqaro konferensiya doirasida Toshkentga kelib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlarni boshladi. Bu uchrashuvlarda xavfsizlik masalalari, qochqinlarning ommaviy yurishining oldini olish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon ham Toshkentda bo‘lib turibdi, u bugun 2004-2014 yillarda Afg‘onistonga rahbarlik qilgan va mamlakatdagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lib qolayotgan Hamid Karzay bilan telefon orqali muloqot qildi va uni va boshqa afg‘on siyosatchilarini inqirozdan chiqish yo‘llari muhokama qilinadigan konferensiyaga taklif etdi.
Manba: BBC afg‘on xizmati, 12 iyul, 2021 yil
Pokiston ko‘p yillardan buyon mintaqadagi asosiy raqibi Hindistonning pozitsiyasini kuchsizlantirish maqsadida toliblarni faol qo‘llab-quvvatlab kelishda ayblanadi. Rasmiy Islomobod buni rad etadi.
Pokiston axborot vaziri Favod Choudri Reuters agentligiga ma'lum qilishicha, toliblar bu konferensiyada qatnashmaydi, ammo Pokiston ular bilan alohida muzokaralar o‘tkazadi.
Keyin Karzay va boshqa siyosatchilar Qatar poytaxti Dohaga uchadi, bu yerda «Tolibon»ning rasmiy ofisi joylashgan.
Bir-biriga zid bayonotlar
Payshanba kuni Kobuldagi yuqori martabali amaldor Reuters agentligiga hukumat kuchlari Qandahor viloyatidagi toliblar tomonidan egallab olingan «Spin Boldak» postini qaytarib olgani haqida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab hukumat kuchlari saflarida va aholi orasida yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida chekingan, ammo keyin qarshi hujumga o‘tib, mahalliy bozor, bojxona va boshqa rasmiy binolarni nazoratiga qaytargan, hozirda tozalash ishlari ketmoqda.
Amaldor tahdid hamon saqlanib turgani, toliblar son jihatdan ko‘pligini qo‘shimcha qilgan.
«Tolibon» vakili esa harakat chegaradagi muhim postni hamon o‘z qo‘lida saqlab turganini bildirdi.
«Bu shunchaki propaganda va Kobul ma'muriyatining asossiz bayonoti», degan u ham Reuters uchun bergan intervyusida.
Savdo marshruti
«Spin Boldak» - Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi ikkinchi eng muhim o‘tish punkti hisoblanadi. U Kobuldan Qandahorga va Pokistonning Belujiston viloyatiga olib boruvchi shosseda joylashgan, Belujiston ko‘p yillar mobaynida toliblar uchun boshpana bo‘lib kelgan, undan keyin Pokistonning iqtisodiy poytaxti Karachi va Arab dengiziga olib chiquvchi port joylashgan.
Bu yo‘nalishda ikki tomonga ham yuzlab yuk mashinalari qatnaydi. Shuningdek, bu yo‘nalish afg‘on narkotrafigining asosiy marshruti hisoblanib, yiliga milliardlab dollar aylanadi.
Toliblar hukumatni savdo daromadlaridan mahrum etish maqsadida birinchi navbatda nazorat-o‘tkazuv punktini egallashga e'tibor qaratgan.
Chegaradagi tartibsizliklar
Janglar o‘z hududiga o‘tishidan xavfsiragan Pokiston «Spin Boldak» hududidagi chegarasini yopib qo‘ygan.
Bir yarim mingdan ortiq afg‘onistonliklar, shu jumladan, vatanga qaytish uchun yo‘lga chiqqan ayollar va bolalar chegaradagi Chaman shahrida to‘plangan.
Payshanba kuni tongda ulardan 400 nafari kuch bilan chegarani buzib o‘tishga urinishdi. Ular pokistonlik chegarachilarni toshbo‘ron qilishdi, ular esa bunga javoban ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va dubinkalar qo‘llashdi.
Hozirda, Chaman shahri ma'muriyati rahbari Jumadada Xonning so‘zlariga ko‘ra, hududda tartib tiklangan.
«Tolibon» hukumatidagi manba «Frans press» agentligiga, chegaraning Afg‘oniston tomonida ham Pokistonga o‘tishni maqsad qilgan bir necha yuz kishi to‘langani haqida ma'lum qilgan
«Frans press» muxbiri Chaman shahri ko‘chalarida «Tolibon»ning 150 nafarga yaqin a'zosi mototsikllarda harakatlanib, oq bayroqlarni ko‘targan holda o‘zlarini Afg‘onistonga o‘tkazib yuborishni talab qilayotgani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025