Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxarest markazida AQSh harbiy vertolyoti favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi
15 iyulda Ruminiya poytaxti Buxarest markazida AQSh harbiy-havo kuchlarining Black Hawk vertolyoti Sharl de Goll nomidagi maydon yaqinida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Vertolyot qo‘nish vaqtida chiroq ustunlarini urib yuborgan.
Digi24 nashrining xabar berishicha, harbiy vertolyot bazaga tekshirish uchun yetkaziladi. Amerikalik harbiylar va mahalliy politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganadi. Avariyaviy qo‘nish vaqtida hech kim jabrlanmagan.
AQSh elchixonasida vaziyat ortidan sinchkovlik bilan kuzatilishi va uni hal qilish uchun ruminiyalik hamkorlar bilan birgalikda ish olib borilishi ma'lum qilingan.
Ruminiya mudofaa vazirligi vakili Konstantin Spinu 15 iyulga belgilangan boshqa parvozlar bekor qilinganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025