Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi fojiadan soxta xayriya aksiyasi uyushtirgan jizzaxlik yigitga jinoyat ishi ochildi
Jizzaxlik 19 yoshli yigit navoiylik 2 yoshli X.I.ning kuygan holda tasvirga olingan video lavhalarini Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi moddiy yordam guruhidan ko‘chirib olib, soxta xayriya aksiyasi uyushtirgani aniqlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning aprel oyida Navoiyda yashovchi R.G. jiyani, 2019 yilda tug‘ilgan X.I. og‘ir darajada kuyganligi sababli Telegram ijtimoiy tarmog‘ida moddiy yordam guruhini ochgan. Keyin guruhga o‘zining telefon raqami, bank plastik karta raqami va bolaning kuygan holatda tasvirga olingan video lavhalarini joylashtirgan.
27 aprel kuni noma'lum shaxs tomonidan ushbu video lavhalar ko‘chirib olinib, boshqa bank plastik karta raqami va telefon raqami qo‘yilgan holda Telegram tarmog‘ining bir qator guruhlarida joylashtirilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 19 yoshli M.R. sodir etganligi ma'lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, M.R. soxta xayriya aksiyasi uyushtirish orqali fuqarolardan bank plastik kartasiga 11 million so‘mga yaqin mablag‘ni tushirib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan fuqaro M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
20:07 / 22.04.2025