Pokistonlik investorlar Buxoroda 500 million dollarlik to‘qimachilik korxonasini tashkil qilmoqchi
2021 yilning 14 iyul kuni Pokiston Islom Respublikasining «All Pakistan Textile Mills Association» (APTMA) fabrikalar tarmog‘i ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoroda bo‘ldi va viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida pokistonlik sarmoyadorlar tomoni, ya'ni «Sarena Tekstil Industriyes PVT Ltd» korxonasi rahbari Hamid Zamon, «Kuhinur Tekstil Industriyes» korxonasi rahbari Ismail Fayaz, «All Pakistan Textile Mills Association» (APTMA) Assotsiatsiyasi raisi Adil Bashir, mazkur kompaniya Ijrochi direktori Shaxid Munir Sattar viloyatda umumiy qiymati 500 million AQSh dollariga teng bo‘lgan yirik to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonasiga asos solish niyatida ekanliklarini bildirishgan.
Ip yigirish, tolani qayta ishlab mato ko‘rinishiga keltirish, uni bo‘yash hamda tayyor matodan buyurtma asosida kiyim-kechak hamda boshqa mahsulotlar tayyorlash ko‘zda tutilgan mazkur fabrikada 10 ming ishchi o‘rni yaratilishi mumkin.
Muzokara yakunida tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama teng manfaatli kelishuv to‘g‘risidagi Memorandum imzolanadigan bo‘ldi.
Oldinroq Turkiyaning Xatay provinsiyasi hokimi Lyutfi Savash boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoroga kelgandi.
Mavzuga oid
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
12:01 / 09.11.2024