Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda «Lasetti» yonib ketdi. «Damas» haydovchisi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida «Lasetti» mashinasi yonib ketdi. «Damas» haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 iyul kuni soat 17:20larda mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K320 To‘marchi-Tallimarjon GRES-Oqquduq avtomobil yo‘lining Qarshi tumanidan o‘tuvchi 4-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
«Damas» mashinasi harakatlanish davomida qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan «Lasetti»ni o‘tkazib yubormasdan, yonga qayrilgan va to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda «Lasetti» mashinasi yonib ketgan. «Damas» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Qarshi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025