Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan Toshkent konferensiyasi doirasida, Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 15 iyul kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbir avvalida prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan o‘qib eshittirildi.
Marosimda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi doirasida Toshkent shahriga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, BMT, MDH, ShHT, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida aytishicha, mazkur institutning ochilishi mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Vazir yangi muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar darajasida batafsil muhokama qilish, turli sohalardagi ko‘p tomonlama loyihalar bo‘yicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratishiga ishonch bildirdi.
Ma'lumot uchun, Markaziy Osiyo xalqaro instituti 2020 yil avgustida prezident qarori asosida tashkil etilgan. O‘sha yil oktyabrida institutga Anvar Nosirov direktor etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
16:34 / 08.11.2024
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
10:47 / 08.11.2024