Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1200dan ko‘proq olim Britaniya bosh vazirining barcha covid-cheklovlarni bekor qilish qarorini qoraladi
Avvalroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 19 iyuldan mamlakatda amal qilayotgan koronavirusga qarshi barcha cheklovlar bekor bo‘lishini e'lon qilgandi. Biroq olimlarning fikricha, Jonson bu bilan “butun dunyoga xavf soladigan” ommaviy zararlanish siyosatini yuritmoqda.
Independent nashrida ma'lum qilinishicha, xalqaro mutaxassislar Britaniyada cheklovlar bekor qilinishi oldidan favqulodda sammit chaqirtirishmoqda.
Jonson hukumatiga cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha rejasini qayta ko‘rib chiqish qat'iyan tavsiya etilgan. Olimlarning ta'kidlashicha, Britaniya hukumatining ushbu qadami butun dunyoga xavf soladi.
Dunyoning 1200 mingdan ko‘proq olimi Jonsonning 19 iyulda “Erkinlik kuni” o‘tkazish qarorini qoralagan va uni “ilmiylikka zid va axloqsiz” deb atagan.
Oxirgi sutkada Britaniyada kunlik kasallanish holatlari yanvar o‘rtasidan beri ilk bor 50 mingdan oshdi. Pandemiya boshidan beri 5,3 mlndan ko‘proq britaniyalik koronavirusga chalingan, 129 mingga yaqini virusdan vafot etgan.
Ayni vaqtda mamlakatda balog‘atga yetgan yoshdagi aholining 87,6 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning bir dozasi, 67,5 foizi esa ikki dozasi bilan emlab bo‘lingan.
5 iyulda Boris Jonson 19 iyuldan mamlakatda barcha cheklovlar bekor qilinishini tasdiqlagandi. Jumladan, niqob taqish va ijtimoiy masofaga amal qilish majburiy bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025