AOKA bo‘lim boshlig‘i 38 yoshida vafot etdi
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov 38 yoshida olamdan o‘tdi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, marhumning bevaqt vafotiga koronavirus sabab bo‘lgan.
AOKA Javohir Qudratovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga ta'ziya bildirdi.
“U tashabbuskorligi, mehnatkashligi, mehribon va samimiyligi bilan jamoadoshlar mehrini qozongan edi.
AOKA jamoasi Javohir Qudratovning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Fidoyi inson – Javohir Qudratovning yorqin xotirasi oila a'zolari, yaqinlari va do‘stlarining qalbida mangu yashaydi”, – deyiladi agentlik ta'ziyasida.
Qayd etilishicha, Javohir Qudratov 1983 yil 12 noyabrda Shahrisabz tumanida tug‘ilgan.
U O‘zbekiston davlat jahon tillari va O‘zbekiston milliy universitetlarini tamomlagan.
J.Qudratov Toshkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, “Qashqadaryo” – “Novosti Kashkadari” gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko‘maklashish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tashkilotlarda faoliyat olib borgan.
2019 yildan buyon Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan edi.
Mavzuga oid
15:09 / 11.12.2023
“Noqonuniy ma’lumotlarga “layk” bosganlik uchun javobgarlik bor” – AOKA
14:30 / 27.06.2023
Eng mashhur tarmoqlar, mingdan oshgan blogerlar va o‘chirtirilgan postlar. O‘zbek media olami raqamlarda
17:59 / 28.12.2022
Bahodir Umrzoqov: «Boshqaruv organlaridagi xodimlar 1 yanvardan ishdan bo‘shatilmaydi»
19:35 / 21.12.2022