Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Olimpiada vaqtida ixtiloflarni to‘xtatishga chaqirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo davlatlariga murojaat qilib, ularni Tokio Olimpiadasi vaqtida Olimpiya yarashuviga amal qilishga chaqirdi. U, shuningdek, yarashuv Olimpiadadan keyin ham davom etishiga umid bildirdi.
“Olimpiya yarashuvi – bu o‘yinlar o‘tkazilishi vaqtida barcha zambaraklar tinishi kerakligiga an'anaviy ishoradir. Men ixtiloflarning barcha tomonlarini Tokiodagi Olimpiada va Paralimpiada vaqtida Olimpiya yarashuviga amal qilishga hamda uni keyingi haftalar va oylar ham davom ettirishga chaqiraman”, deb aytgan Guterrish o‘z videomurojaatida.
BMT bosh kotibi dunyo xalqlari Olimpiada vaqtidagi yarashuvdan uzoq muddatga o‘t ochish rejimini o‘rnatish va “barqaror dunyo”ga erishish yo‘llarini izlash uchun foydalanishlari mumkinligini aytgan. U Olimpiada pandemiya vaqtida o‘tishini va sportchilar unda ishtirok etish uchun “qiyinchiliklarni yengishlariga to‘g‘ri kelganini” eslatib o‘tgan. “Biz tinchlik o‘rnatishda ham shunday kuch va birdamlik namoyish qilishimiz lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT rahbari.
Tokiodagi XXXII Olimpiya o‘yinlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025