Jahon | 17:06 / 16.07.2021
6127
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasi to‘qqiz oylik tanaffusdan so‘ng turistlar uchun ochildi

Minora koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklovlar sababli o‘tgan yil oktyabrda yopilgandi.

Fransiya poytaxtining diqqatga sazovor yodgorliklaridan biri – Eyfel minorasi turistlar uchun yana ochildi.

"Minora sizlarni 16 iyuldan yana qabul qilishidan xursandmiz", - deyiladi kompaniya-operator saytida.

Minora koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklovlar sababli o‘tgan yil oktyabrda yopilgandi.

Xabarda aytilishicha, 21 iyuldan boshlab 18 yoshdan kattalar sanitar ruxsatnoma bilan kiritiladi.

Sanitar ruxsatnoma dam olish va madaniyat maskanlari, qahvaxona va restoranlar, savdo markazlariga borish huquqini beradi. Unda emlanganlik yoki PZR testi natijasi manfiyligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘ladi.

Hozirga kelib Fransiya aholisining 41 foizga yaqini to‘liq emlangan.

Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 5,8 millionga yaqinlashgan, 111 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Mavzuga oid