Shavkat Mirziyoyev Hindiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankarni qabul qildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari oliy darajadagi muntazam muloqotlar davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Vazir Jayshankar O‘zbekiston yetakchisiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi bog‘liqlikni, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga qaratilgan mintaqaviy loyihalarni ilgari surish borasidagi sa'y-harakatlari yuksak baholandi.
Uchrashuvda ikki mamlakat hududlarini faol jalb qilgan holda investitsiyalar, innovatsiyalar, savdo, biznes, logistika, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhim ekani ta'kidlandi.
Mamlakatlarimiz “Hindiston – Markaziy Osiyo” formatidagi samarali muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024