Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga milliy motam kuni e'lon qilindi
Bosh vazir Aleksander De Krooning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bunday suv toshqinlariga birinchi marta duch keldi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab aholi maskanlarida vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda.
Belgiyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi, deb xabar berdi Deutsche Welle.
Xabarda aytilishicha, yana 20 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Mamlakat bosh vaziri Aleksander De Kroo 20 iyulni milliy motam kuni deb e'lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bunday suv toshqinlariga birinchi marta duch keldi. Ko‘plab aholi maskanlarida vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
Krooning ma'lumot berishicha, qirollik sharqidagi Lej provinsiyasi tabiiy ofatdan eng ko‘p jabr ko‘rgan. Pepenster shahrida 20ta uy vayron bo‘lgan.
Avvalroq Germaniyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 130 nafardan oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
16:59 / 09.05.2025
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
22:49 / 08.05.2025
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
21:25 / 08.05.2025