O‘zbekiston | 14:58 / 17.07.2021
4799
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ulfatchilik qotillik bilan tugadi

Kogon tumani O‘rtacho‘l mahallasida ulfatchilikdan kelib chiqqan qotillikda bir fuqaro vafot etdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 15 iyul kuni Kogon tumanining O‘rtacho‘l mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan H. J. mahalladoshi B. S. va Buxoro tumani Sheyxoncha mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan O‘. A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilgan. Ulfatchilik o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjalga aylangan. H. J. mast holatda O‘. A.ning turli joylariga oshxona pichog‘ini sanchib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan H. J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda 51 yoshli fuqaro ota va o‘g‘il qo‘shnisini pichoqlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid