Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko radioaktiv moddalar kontrabandasi bilan tahdid qilmoqda – Litva tashqi ishlar vaziri
Landsbergisning fikricha, bu tahdidlar Litvaga qarshi hibrid urush vositasi hisoblanadi.
Belarus Litvaga radioaktiv moddalarni kontrabanda qilish bilan tahdid qilmoqda. Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis ana shunday bayonot bilan chiqdi.
"Lukashenko Litvaga radioaktiv moddalarni kontrabanda qilish, Litva orqali giyohvand moddalarni o‘tkazish bilan tahdid qilmoqda", — deb ta'kidladi u.
Landsbergisning fikricha, bu tahdidlar Litvaga qarshi hibrid urush vositasi hisoblanadi.
"Bir yarim oy avval Minskka qo‘nishga majburlangan samolyot ana shunday vosita bo‘lgandi. Bugun esa migrantlar. Lukashenko yana yangi vositalar o‘ylab topishi mumkin", — dedi u.
May oxirlarida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko uning mamlakati Litvaga giyohvand moddalar va noqonuniy migrantlar o‘tishida to‘siq bo‘lganini, ammo g‘arbning siyosiy bosimi tufayli to‘siq vazifasini bajarishni to‘xtatishini aytgandi.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
19:10 / 17.05.2025