Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada koronavirus tarqalishi avj olishi fonida karantin bekor qilinmoqda
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, hozir cheklovlarni bekor qilishning ayni vaqti, chunki kuz yoki qishga qoldiriladigan bo‘lsa, «virus sovuq havoda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin».
Angliyada 19 iyuldan koronavirus bilan bog‘liq barcha ichki cheklovlar bekor qilinmoqda, deb xabar berdi VVS.
Shotlandiyada cheklovlar sezilarli darajada yumshatiladi. Uelsda cheklovlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar 17 iyuldan kuchga kirgan, Shimoliy Irlandiyada cheklov choralari 26 iyuldan o‘zgaradi.
Angliyada esa 19 iyul yarim tundan so‘ng tungi klublar ish boshlashi mumkin, boshqa muassasalarga cheklovlarsiz ishlashga ruxsat berilgandi. Shuningdek, majburiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash talablari bekor qilinadi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, hozir cheklovlarni bekor qilishning ayni vaqti, chunki kuz yoki qishga qoldiriladigan bo‘lsa, «virus sovuq havoda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin».
«Buni hozir qilmasak, qachon qilamiz? Hozir ayni vaqti, faqat buni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirishimiz kerak», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Buyuk Britaniyada bir sutkada 51 mingdan ortiq koronavirus yuqtirish holati qayd etilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025