Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq hamda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Belgilanishicha, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shubhali deb topilgan operatsiyalar haqidagi xabarlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga (maxsus vakolatli davlat organi) avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yordamida taqdim etiladi, davlat sirlarini tashkil etuvchi axborotlar bundan mustasno. Tashkilotlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga yuborilayotgan xabarga uni yuborish uchun asos bo‘lgan ma'lumot va hujjatlar ilova qilinadi.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilar hisoblanadi:
- banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
- qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari;
- birja a'zolari;
- sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari;
- lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
- pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
- lombardlar;
- tavakkalchilikka asoslangan lotereya va boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;
- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
- xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok etuvchi shaxslar;
- notarial idoralar (notariuslar);
- advokatlik tuzilmalari (advokatlar) va auditorlik tashkilotlari – mijozlar nomidan bitimlar tayyorlashda va amalga oshirishda; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar.
Maxsus vakolatli davlat organi yuborilgan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha muntazam ravishda tashkilotlarni hamda ularni nazorat qiluvchi organlarni xabardor qiladi.
Xalqaro hamkorlik O‘zbekistonning vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlari xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Belgilanishicha, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilot moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan amalga oshiriladi.
Monitoring tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma'lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan ma'lumotlarni talab qilib olish man etiladi.
Nazorat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganish orqali o‘tkaziladi. Nazorat davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?
16:42 / 03.02.2025
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896 trln so‘mni tashkil etdi
10:03 / 03.02.2025