Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini buzgan velosiped haydovchisi ikkita mashina to‘qnashuviga sabab bo‘ldi
Qarshi shahrida qoidalarni buzib harakatlangan velosiped haydovchisi ikkita mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 13 iyul kuni soat 15:30larda Qarshi shahridagi Nasaf va Mustaqillik ko‘chalari kesishgan chorrahada xizmat olib borayotgan YPX inspektori Nasaf ko‘chasida velosiped haydovchisi avtomashinalar yo‘liga chiqib ketayotganini ko‘rgan. So‘ng, uni tartibga chaqirmoqchi bo‘lgan vaqtda haydovchi velosipedni o‘ng tomonga qarab harakatlantirgan va «Labo» mashinasining harakatlanishiga xalaqit bergan. «Labo» sekinlashgan paytda uning ortidan kelayotgan «GAZ-53» rusumli yuk mashinasi oraliq masofani saqlamagani sababli «Labo»ni orqa balloni bilan urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida hech kim tan jarohati olmagan. «Labo» va «GAZ-53» haydovchilari viloyat narkologiya dispanserining 2021 yil 13 iyul kunidagi ma'lumotnomasiga asosan spirtli ichimlik iste'mol qilmagani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025