Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining faqat to‘liq emlangan fuqarolariga xorijga chiqishga ruxsat beriladi
Saudiya Arabistoni hukumati avgustdan boshlab koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolargina xorijga chiqa olishini e'lon qildi. Bu haqda podshohlik ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil 9 avgustdan boshlab saudiyaliklar xorijga chiqish uchun koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini olishlari kerak bo‘ladi.
Bu qoidadan quyidagi toifadagi odamlar istisno qilingan: 1) 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; 2) oxirgi 6 oy ichida koronavirusdan sog‘ayganlar; 3) koronavirusdan sog‘ayib, vaksinaning birinchi dozasini olganlar. Bundan tashqari, faqatgina emlangan saudiyaliklarga masofadan ishlamaslikka va o‘z ish joylariga qaytishga ruxsat beriladi.
Bunday choralar Saudiya Arabistonida boshlangan Haj ziyorati bilan bog‘liq holda qabul qilindi. Iyun oyida podshohlik hukumati Hajda 18 yoshdan 65 yoshgacha to‘liq emlangan saudiyaliklar ishtirok eta olishini ma'lum qilgandi.
Podshohlik sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, aholisi 34,2 mln kishini tashkil qiluvchi Saudiya Arabistonida ayni vaqtda koronavirusga qarshi vaksinaning 22 mlndan ko‘proq dozasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025