Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkiliy qo‘mita rahbari Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi mumkinligini istisno etmadi
Oxirgi 24 soat ichida milliy jamoalar orasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yana 10ta holat aniqlangan, jami aniqlangan holatlar soni 68taga yetgan.
Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi rahbari Tosiro Muto o‘yinlar bekor qilinishi ehtimoli haqidagi savolga javoban vaziyat kasallik yuqtirganlar sonidan kelib chiqib tashkilotchilar bilan muhokama qilinishini aytdi. Bu haqda Skyspors xabar bermoqda.
«Koronavirus holatlari soni nechta bo‘lishini oldindan ayta olmaymiz. Shu bois holatlar avj oladigan bo‘lsa, muhokamalarni davom ettiramiz. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, besh tomonlama muhokamalar o‘tkazishga kelishib oldik. Holatlar soni oshishi yoki kamayishi mumkin, shuning uchun vaziyatga qarab nima qilishni o‘ylayapmiz», dedi Muto.
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tashkilotchilarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan: oxirgi 24 soat ichida milliy jamoalar orasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yana 10ta holat aniqlangan, jami aniqlangan holatlar soni 68taga yetgan.
Avvalroq Olimpiadaning rasmiy vakili Masa Takaya o‘yinlar o‘tkazilishiga bilvosita aloqador bo‘lgan odamlardan olingan minglab tahlillardan jami 61ta kasallanish holati tasdiqlanganini, bu esa umumiy holatda juda past ko‘rsatkich ekanini aytgandi (Olimpiadada 20 ming atrofida sportchi qatnashadi).
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi
17:01 / 26.01.2025