Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiyaning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchisi Afg‘oniston bilan chegaradagi qo‘shma mashqlarda qatnashadi
Avgust oyida Surxondaryo viloyatidagi poligonda Rossiya va O‘zbekistonning 1,5 mingga yaqin harbiy xizmatchilari qo‘shma mashqlarda qatnashadi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mashqlar 30 iyuldan 10 avgustgacha Afg‘oniston bilan chegaradosh mintaqadagi Termiz poligonida bo‘lib o‘tadi, unda 200ga yaqin harbiy texnika, shu jumladan aviatsiya ishtirok etadi.
Mashqlar doirasida qo‘shma kuchlar guruhi harbiy xizmatchilari Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarining hududiy yaxlitligini ta'minlash masalalarini ishlab chiqadilar.
Rossiya kontingentining asosiy qismini tinchlikparvarlik bo‘linmasi va Markaziy harbiy okrug maxsus maqsadli brigadasi harbiy xizmatchilari tashkil etadi.
Avvalroq, O‘zbekiston tojik-afg‘on chegarasidagi mashqlarga jangovar aviatsiya, zirhli texnika va maxsus kuchlarni yuborishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
08:40 / 13.05.2025