O‘zbekiston | 18:46 / 21.07.2021
7877
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga yana 1 million doza vaksina olib kelindi

Bugun, 21 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportiga Xitoydan yana 1 million doza xitoy-o‘zbek hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 9-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdordagi vaksina 20 iyul kuni ham qabul qilib olingandi. 

Bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning:

  • 27 martda — 1 million doza,
  • 27 aprelda — 1 million doza,
  • 18 mayda —  1 million doza, 
  • 19 mayda —  500 ming doza,
  • 10 iyunda — 1 million doza,
  • 29 iyunda — 1 million doza,
  • 30 iyunda — 1 million doza,
  • 20 iyulda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning jami vaksina zaxirasi 9 million 580 ming dozani tashkil qilmoqda. 

Shundan: 

  • 370 ming dozasi "Sputnik V", 
  • 710 ming dozasi AstraZeneca, 
  • 8,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.

Ma'lumot uchun, ZF-UZ-VAC2001 koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksina bo‘lib, Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksinaning klinik tadqiqotlari o‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan.

Mavzuga oid