Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi yangi texnikalar bilan kuchaytiriladi
Jangovar mashinalar 201-Rossiya harbiy bazasining motoo‘qchi bo‘linmalariga beriladi. Aniqlik kiritilishicha, yangi zirhli mashinalar eskilari o‘rniga keltiriladi.
Iyul oxiriga qadar Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga 17 dona modernizatsiya qilingan BMP-2M zirhli transporti keltiriladi. Bu haqda markaziy harbiy okrug qo‘mondoni Aleksandr Lapin ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «harbiylarning jangovar imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi».
Jangovar mashinalar 201-Rossiya harbiy bazasining motoo‘qchi bo‘linmalariga beriladi. Aniqlik kiritilishicha, yangi zirhli mashinalar eskilari o‘rniga keltiriladi.
BMP-2M avtomatik o‘t ochish tizimi bilan jihozlangan. Unga panoramali mo‘ljalga olish va kuzatish uskunalari, R-168 «Akveduk» radiostansiyasi o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng Rossiya harbiylari Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi poligonga yetib keldi. Ma'lumot berilishicha, ular O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025