Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qadimiy tangalarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi
Navoiy aeroportida xorijga uchib ketayotgan P.S hamda D.T. qadimiy tangalar va qog‘oz kupyuralarni noqonuniy tarzda olib chiqib ketishmoqchi bo‘lishdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu fuqarolarning xatti-harakati bojxonachilar e'tiborini tortgan va ular belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida ularga tegishli bo‘lgan sumkada deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan 14 dona qadimiy tanga va 8 dona qog‘oz kupyuralar borligi aniqlangan.
Mazkur holatda fuqarolar «Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi «Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi Nizom talablarini buzib, tanga va kupyuralarni noqonuniy tarzda olib chiqishga urinishgan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025