Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Rossiya mehnat migrantlariga pensiya berish bo‘yicha loyiha to‘g‘risida kelishib oldi
Tojikiston ijtimoiy sug‘urta va pensiya agentligi pensiya ta'minoti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Rossiyadagi tojikistonlik mehnat migrantlarini pensiya bilan ta'minlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishuv loyihasining barcha jihatlari borasida kelishib olindi, deb ma'lum qildi Tojikiston ijtimoiy sug‘urta va pensiya agentligi direktori Dilmurod Davlatzoda.
"Rossiya va Tojikiston o‘rtasida pensiya ta'minoti sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasining bahsli joylari bartaraf qilindi. Loyiha ko‘rib chiqish uchun hukumatga taqdim etildi", — dedi Davlatzoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston ijtimoiy sug‘urta va pensiya agentligi pensiya ta'minoti sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan ham muzokaralar olib bormoqda.
Dushanbe bilan tegishli kelishuv imzolanmagan mamlakatlarda ishlaydigan Tojikiston fuqarolari pensiya yoshiga yetganidan so‘ng ijtimoiy nafaqa oladi, dedi Davlatzoda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025