Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota yangi Land Cruiser 300 avtomobilini ikkilamchi bozorda sotishni taqiqladi
Ma'lumot berilishicha, kompaniya olibsotarlar va ikkilamchi bozorda narx o‘sib ketishiga qarshi kurashish uchun shunday qarorga kelgan.
Toyota kompaniyasi Yaponiyada Land Cruiser 300 avtomobilini sotib olganlar bozorda uni qaytadan sotishini taqiqladi. Bu haqda Creative311 nashri xabar bermoqda.
Ma'lumot berilishicha, kompaniya olibsotarlar va ikkilamchi bozorda narx o‘sib ketishiga qarshi kurashish uchun shunday qarorga kelgan. Ushbu ma'lumot hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Gap shundaki, Yaponiyada iyunda taqdim qilingan Land Cruiser 300 avtomobiliga talab yuqori. Carscoops ma'lumotiga ko‘ra, Toyota hozirgacha ushbu avtomobil uchun oldindan 22 mingta buyurtma olgan. Bu esa ikkilamchi bozorda turli o‘yinlar keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda kompaniyadagilar.
Qayd etilishicha, avtomobilni sotib olganlar alohida kelishuv imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, avtomobilni sotib olgan shaxs uni darhol sota olmaydi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, taqiq muddati bir yilni tashkil etadi. Avtomobil egasi bir yildan keyingina uni sotishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?
11:26 / 13.01.2025
Toyota qurayotgan aqlli shahar kuzda aholini qabul qilishni boshlaydi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
18:00 / 06.11.2024