Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokio Olimpiadasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 123taga yetdi
O‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 17ta yangi holat qayd etilgan.
Tokio Olimpiadasida koronavirus yuqtirganlar soni 123 kishiga yetdi. Bu haqda Olimpiada saytida xabar qilindi.
Ma'lumot berilishicha, o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 17ta yangi holat aniqlangan.
Jumladan, bir nafar sportchi va ikki nafar xodimda kasallik aniqlangan. Ularning barchasi ikki haftalik karantin o‘taydi.
Chorshanba kuni Olimpiada tashkilotchilari sportchilar va Olimpiadada ishtirok etuvchi delegatsiya vakillaridan jami 79 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi
15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi
17:01 / 26.01.2025