Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvadagi noqonuniy migrantlar ovqatlanishdan bosh tortdi
Iroqlik migrantlar ovqatlanishni rad etgan – ular bolalarga ham ovqatlanishga ruxsat bermagan.
Belarusdan Litvaga o‘tgan migrantlar o‘zlari yashayotgan vaqtincha lagerda isyon ko‘tardi. Bu haqda delfi.lt xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ular jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari talabini bajarishdan bosh tortgan.
Iroqlik migrantlar ovqatlanishni rad etgan – ular bolalarga ham ovqatlanishga ruxsat bermagan.
"Ular ovqatlarni tashlab yubordi. Ularning yagona talabi – bu yerdan chiqish", — degan mahalliy amaldor Virgiliyus Pranskyavichyus.
Iyul boshida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko belaruslik chegarachilar yetarlicha kuch va mablag‘ yo‘qligi sababli noqonuniy migratsiyani boshqa ushlab turmasligini aytgandi.
Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha yevrokomissari Ilva Yoxanssonning so‘zlariga ko‘ra, Belarusdan Litvaga o‘tayotgan noqonuniy muhojirlar soni 2020 yilga nisbatan 22 marta oshgan va 1,6 ming nafarga yetgan.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
15:31 / 16.04.2025