Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganning bir nechta qismlarida ichimlik suvi tarmog‘i noma'lum muddatga qadar o‘chirilmoqda
Uychi hamda Namangan tumani, shuningdek, Namangan shahrining bir nechta mahallalarida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli ichimlik suvi tarmog‘ida uzilishlar yuzaga keladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, “Jiydakapa – Namangan” magistral ichimlik suvi tarmog‘ining Namangan tumani Eshobod mahallasi hududidan o‘tgan qismi, shuningdek, Namangan tumanidagi Ravnaq mahallasi hududidagi qismida favqulodda nosozlik yuzaga kelganligi aniqlangan.
Shu bois, 27 iyul kuni soat 06:00 dan boshlab ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli:
Uychi tumanining "Baland ariq", "Bo‘ston", "Gumbaz", "Dehqon", "Do‘stlik", "Istiqlol", "Qumtepa", "Qo‘rg‘oncha", "Obod", "Ovchibuloq", "Oqtosh", "Fayziobod", "Churtuk" MFYlarida;
Namangan tumanining "Qumqo‘rg‘on", "G‘ayrat", "Qurama", "Qo‘rg‘oncha", "Eshobod", "Qo‘shchinor", "Namuna", "Saxovat", "Navro‘z", "Ravnaq", "Qo‘qonqishloq", "Xonobod", "Mallahovuz", "Yangi yo‘l", "No‘g‘ayqo‘rg‘on", "Qoratepa", "Nurtepa", "Kurmak" MFYlarida;
Namangan shahrining "Go‘zal", "Barkamol avlod", "Bahor", "Lola", "Objuvoz", "Sanoat", "Yakkatut", "Qadamjoy", "Sohibkor", "Yangi asr", "Yangi qurilish", "Yangi hayot" MFYlarida va Uychi ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ichimlik suv ta'minotida kun davomida uzilish kuzatiladi.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
20:37 / 26.05.2025