Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon vakili AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobat sababini izohladi
Pentagon generali oxirgi 20 yil davomida amerikaliklarning «fikri va jismi» Yaqin Sharqda bo‘lgani, so‘ngra diqqat-eʼtibor Rossiya va Xitoyga qaratilgani, ammo AQSh jisman Yaqin Sharqda qolganini aytdi.
Vashington demokratiyaning g‘arbona yo‘lida davom etishi uchun Qo‘shma Shtatlar Xitoydan o‘zib ketishi kerak, dedi AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari general Jon Hayten.
«Biz dunyo sahnasida shunchaki raqobatlashyapmiz. Ammo ular hozirda ulkan imkoniyatlarga ega armiya shakllantirmoqda. Yangi yadroviy, kosmik, raketa, gipertovushli, kibermakondagi imkoniyatlar», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Xitoyning chorlovlariga qanday javob berishni anglab olishi zarur.
General oxirgi 20 yil davomida amerikaliklarning «fikri va jismi» Yaqin Sharqda bo‘lgani, so‘ngra diqqat-eʼtibor Rossiya va Xitoyga qaratilgani, ammo AQSh jisman Yaqin Sharqda qolganini aytdi. U amerikaliklarni «tezroq harakatlanish»ga chaqirdi.
«Dunyo kelajagi uchun raqobatlashar ekansiz, maqsadingiz demokratiyaning g‘arbona yo‘lida davom etish bo‘lishi lozim», — dedi u.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025