Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar BMTning Afg‘onistondagi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘yicha ma'ruzasini rad etdi
“Tolibon” harakati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid BMTning Afg‘oniston bo‘yicha missiyasining (UNAMA) mamlakatdagi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘yicha ma'ruzasini “noxolis” deb hisoblashini va uni rad etishini ma'lum qildi.
Avvalroq BMT missiyasi Afg‘onistonda 2021 yilning birinchi yarmida tinch aholi orasida o‘ldirilgan va jabrlanganlar soni rekord darajaga yetganini va raqamlar may oyida mamlakatdan xorijiy qo‘shinlar olib chiqilishi boshlangandan keyin keskin oshib ketganini ma'lum qilgan. Ma'ruzada Afg‘oniston hukumatiga qarshi kuchlar, jumladan “Tolibon” tinch aholi orasidagi aksariyat qurbonlar (64 foiz) uchun, hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar esa qurbonlarning 25 foizi uchun javobgarligi ta'kidlab o‘tilgan.
“UNAMA’ning tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘yicha ma'ruzasi asossiz va haqiqatga mos emas. “Tolibon” ushbu ma'ruzani rad etadi va toliblar oxirgi 6 oy ichida hech qayerda tinch aholini qasddan o‘ldirmagani va tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelgan birorta hujum sodir etmaganini ta'kidlaydi”, deb aytilgan toliblar vakili bayonotida.
Zabihulla Mujohid tinch aholi vakillari jangovar harakatlar hududida mina portlashidan halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini, biroq bu qasddan sodir etilmaganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq, aprelda UNAMA Afg‘onistonda joriy yilning birinchi yarmida tinch aholi orasidagi qurbonlar va jabrlanganlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 30 foizga o‘sganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025