Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
35ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladi
“Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2021–2022 yillarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35ta Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- qo‘shma shikastlanishlar hamda o‘tkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
- o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini ko‘rsatish.
Markazlarga:
- hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik bo‘limlarining umumiy o‘rinlari soni doirasida 50tadan 60tagacha o‘rinlar ajratiladi;
- hududiy sog‘liqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qo‘shimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi.
2021–2023 yillarda bolalar, tug‘ish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta'minlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturni amalga oshirish uchun jami xarajatlar miqdori 264,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, 2021/2022-o‘quv yilidan OTMda nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
13:54 / 01.05.2025