Jahon | 23:08 / 27.07.2021
4544
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada jangarilar hujumi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi

Efiopiyaning Somali regionida jangarilar hujumi vaqtida yuzlab odamlar halok bo‘ldi.

Foto: Somali Guardian

Somali ma'muriyati vakili Ali Badalning ta'kidlashicha, jangarilar Gadamaytu tumanida “xunrezlik” sodir etgan. Ularning hujumi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘lgan.

Tinch aholiga hujum sodir etilganini region ma'muriyatidagi ikki mansabdor shaxs ham tasdiqlagan. Biroq ular halok bo‘lganlarning aniq sonini ma'lum qilishmagan.

Amaldorlardan birining ta'kidlashicha, ko‘p sonda yaralanganlar bor va hukumat ularga yordam ko‘rsatish uchun voqea joyiga tibbiy xodimlar jo‘natgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid