Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada kattaligi olmaday do‘l yog‘ishi natijasida yuzlab mashinalarga shikast yetdi
Qutqaruvchilar Milan-Neapol yo‘lini uch soatga yopib qo‘yishga majbur bo‘lgan. Bir nechta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani aytilmoqda.
Italiyaning Emiliya-Romanya regionida do‘l yog‘ishi oqibatida A1 avtoyo‘lida harakatlanish to‘xtatildi, yuzlab mashinalar va uylarga shikast yetdi, deb xabar berdi il Fatto Quotidiano.
Xabarda aytilishicha, kutilmaganda yog‘gan kattaligi olmaday do‘l haydovchilar va mahalliy aholini shoshirib qo‘ygan. Do‘l donalari avtomobillar oynalarini sindirib, kuzovlarini pachoqlagan. Kuchli shamol va yomg‘ir esa haydovchilarning harakatlanishiga imkon bermagan.
Natijada qutqaruvchilar Milan-Neapol yo‘lini uch soatga yopib qo‘yishga majbur bo‘lgan. Bir nechta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025