O‘zbekiston | 12:29 / 27.07.2021
26052
1 daqiqa o‘qiladi

SSV pnevmoniya holatlari bo‘yicha batafsil statistikani e'lon qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yilning 5 iyulidan O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari bilan birga pnevmoniya aniqlangan bemorlar haqida ham ma'lumot berishni boshlagandi.

Vazirlik matbuot xizmati mamlakatda pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar haqida ma'lumotlar aks etgan batafsil jadvalni e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 5 iyuldan bugunga qadar 7 996 nafar bemorlarda pnevmoniya aniqlangan bo‘lsa, ularning 2 503 nafari sog‘ayib chiqqan. Ayni vaqtda 5500ga yaqin pnevmoniyaga chalinganlar mavjud.

Pnevmoniya holatlari ham kundan kunga ko‘payib bormoqda, 5 iyul kuni 172 kishida pnevmoniya qayd etilgan bo‘lsa, 26 iyulga kelib bu ko‘rsatkich 521taga yetgan.

Pnevmoniya bo‘yicha eng ko‘p holatlar Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

Mavzuga oid