O‘zbekiston | 10:07 / 28.07.2021
39862
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kunlik holatlar keskin o‘sdi, qurbonlar soni bo‘yicha ham eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana antirekord qayd etilganini ma'lum qildi, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 843 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 556 nafarga yetgan, 8 bemor vafot etgan.

«2021 yil 27 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 126627 (+843) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 80 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 89 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 95 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 75 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 56 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 556 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Bu koronavirus holatlari bo‘yicha ham, pnevmoniya holatlari bo‘yicha ham (jami +1399) pandemiya davridagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Bundan avvalgi antirekord 27 iyul kuni qayd etilgan, 789 kishida koronavirus, 521 kishida pnevmoniya aniqlangandi (+1310).

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 75 nafar,
  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Jizzax viloyatida 95 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 22 nafar,
  • Navoiy viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 20 nafar,
  • Samarqand viloyatida 158 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 31 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 96 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 56 nafar,
  • Xorazm viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 68 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 121145 (+825) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 853 nafarni tashkil qildi. O‘zbekistonda andemiya davrida shu vaqtgacha bir kunda 7tadan ortiq o‘lim haqida rasman e'lon qilinmagandi.

Mavzuga oid