Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi «metan zapravka»da «UAZ» mashinasining gaz balloni portlab ketdi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida «UAZ» mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 28 iyul kuni soat 6:15 larda Muzrabot tumani «Yurtim jamoli» MFYda joylashgan «Qora marvarid» MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida «UAZ» mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Oqibatda mashina yaroqsiz holga kelgan. Bundan tashqari, shoxobchaning tom qismi zararlangan. Qayd etilishicha, hodisada hech kim jarohatlanmagan va vafot etmagan. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ta'kidlanishicha, voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan.