O‘zbekiston | 10:37 / 29.07.2021
2734
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 20 000 AQSh dollariga baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun yer olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Ular fuqarodan talab qilingan puldan 18 600 AQSh dollarini olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro M.M. tadbirkor O‘.ning ishonchiga kirib, unga Andijon tumani, "Mirobod" MFY hududidan sholichilik hamda baliqchilik ko‘li tashkil qilishi uchun kadastr idoralarida ishlovchi tanishi orqali 2,3 gektar yer maydonini 20 000 AQSh dollariga olib berishni va'da qilib, shundan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Andijon viloyati yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat kadastr korxonasi sobiq mutaxassisi B.A. fuqaro M.M.dan 18 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar 6 000 AQSh dollari bilan qo‘lga olinganligi xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid