Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qo‘y o‘g‘irlagan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida qo‘y o‘g‘irlagan to‘rt nafar shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Qo‘ylar egasiga qaytarilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 iyul kuni Qarshi tuman IIBga tumanning «Navoiy» MFYda yashovchi I.F. o‘g‘irlik bo‘lgani haqida murojaat qilgan. Murojaatida u, 2021 yil 29 iyun kuni soat 14:30dan 17:00lar oralig‘ida noma'lum shaxslar I.F.ning uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, molxonasidagi bozor bahosi 11 million 400 ming so‘m bo‘lgan 7 bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘g‘rilar aniqlangan va qo‘ylar egasiga qaytarilgan. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu o‘g‘irlikni, Qarshi tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan R.D. tanishlari, Qarshi shahar «Beklar» MFYda yashovchi A.Z., Qarshi shahar 7-mittitumanda yashovchi A.J. hamda Yakkabog‘ tumanida yashovchi U.Ya. bilan sodir etgan. Jinoiy guruh a'zolaridan 7 bosh qo‘y tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025