Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani aytilmoqda. Prokuratura tekshiruv boshladi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Baxtiyar Dauletmuratov Taxiatosh tumani IIB profilaktika inspektori Salamat Baymuratov tomonidan olib ketilib, tuman IIBda tan jarohati yetkazilgani sababli vafot etgani haqida xabar tarqaldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Taxiatosh tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va marhum B.Dauletmuratovning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshiruv harakati shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori nazoratiga olingan.
Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi, deyiladi rasmiy axborotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Denovda profilaktika inspektorining yordamchilari kaltaklagan fuqaro vafot etgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi
14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi
10:06 / 21.04.2025