Sport | 13:11 / 29.07.2021
6409
1 daqiqa o‘qiladi

Xurramov yaponiyalik jahon chempioniga yutqazib, chorakfinalga o‘ta olmadi. Dzyudochilardan bir vakil qoldi

Dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muhammadkarim Xurramov nimchorak finalda ishtirokini yakunladi.

Muhammadkarim Xurramov dastlabki bosqichda irlandiyalik Benjamin Fletcherga qarshi kurashdi. Unda Muhammadkarim vazari bahosi bilan g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

1/8 finalda Xurramov yaponiyalik Aron Volfga qarshi tatamiga chiqdi. Ammo jahon chempioni hisoblangan yaponiyalik sportchi ippon bahosi bilan o‘zbekistonlik sportchini yengdi va Xurramov yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.

Endilikda dzyudo jamoasida bir vakil qoldi - +100 kg vazn toifasi vakili Bekmurod Oltiboyev 30 iyul kuni mo‘g‘ulistonlik Durenbayar Ulzibayarga qarshi kurash bilan o‘z ishtirokini boshlaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid