O‘zbekiston | 15:14 / 31.07.2021
7201
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Seulda Pan Gi Mun bilan muzokaralar o‘tkazdi

Bugun, 31 iyul kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yashil o‘sish global instituti (GGGI) assambleyasi raisi, Birlashgan millatlar tashkiloti sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan muzokaralar o‘tkazdi. 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududida Yashil o‘sish global institutiga birinchi a'zo davlat bo‘lganligini ta'kidladi. Toshkentda GGGI’ning Markaziy Osiyodagi birinchi vakolatxonasi ochildi. O‘ndan ortiq qo‘shma tadbirlar amalga oshirildi

Uchrashuvda KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) va GGGI o‘rtasidagi qiymati 5,6 million AQSh dollariga teng loyiha doirasida Orol dengizi mintaqasining ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatini yaxshilash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga alohida e'tibor qaratildi.

Avvalroq, Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyaga borishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid