Toliblar Hirot markazi tomon harakatlanmoqda – OAV
Xabar qilinishicha, Hirot viloyatining 17 uyezdidan faqat bittasi hukumat kuchlari nazorati ostida qolgan.

"Tolibon" harakati jangarilari Hirot shahrining markaziy tumanlari tomon harakatlanmoqda, deb xabar berdi TOLO News telekanali.
Xabarda aytilishicha, Hirot viloyatining 17 uyezdidan faqat bittasi hukumat kuchlari nazorati ostida qolgan.
Ikki kunlik janglardan so‘ng toliblar Hirot janubidagi Malan ko‘prigini egalladi, deb xabar bergan telekanal manbalari. Shaharning yuzlab aholisi o‘z uylarini tark etgan.
Shu bilan birga, Afg‘oniston mudofaa vazirligi vakili Favad Omon o‘z Twitter sahifasida Hirot atrofidagi vaziyat barqarorlashganini yozdi.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hirot shahridagi shtabiga hujum qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025