Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida omborxonada portlash oqibatida bir ishchi vafot etdi, uch kishi jarohatlandi
Sergelida omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Omborxonadan tashqari, korxona ma'muriy binosi ham vayron bo‘ldi. Bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi omborxona binolaridan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmati xabar berishicha, hodisa 31 iyul kuni taxminan 19:30larda «Qushqo‘rg‘on» mahallasidagi omborxona binolaridan birida ro‘y yergan. Hodisa oqibatida omborxona binosidan tashqari, mazkur korxonaning ma'muriy binosi ham vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, qo‘shni binoda joylashgan nonvoyxona ham qisman zarar ko‘rgan.
Favqulodda holat natijasida korxonaning bir ishchisi hayotdan ko‘z yumgan, uch kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga binoda gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Hodisa joyida FVV qutqaruvchilari, IIV, prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
14:32 / 25.01.2025
Sergelidagi bog‘chada tarbiyachining qo‘pol munosabati oqibatida bolaning oyog‘i sindi
20:27 / 13.12.2024