Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada hukumatni ag‘darishni rejalashtirgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi
Guruh faoliyati bo‘yicha surishtiruv davomida Brisben, Kerns, Taunsvill, Piterboro va Perte shaharlarida tintuvlar o‘tkazilgan.
Avstraliya huquqni muhofaza qilish organlari mamlakat hukumatini ag‘darish hamda amaldorlar va federal parlament deputatlarini hibsga olishni rejalashtirgan guruh faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda federal politsiya xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, guruh faoliyati bo‘yicha surishtiruv davomida Brisben, Kerns va Taunsvill (Kvinslend shtati) hamda Piterboro va Perte (G‘arbiy Avstraliya) shaharlarida tintuvlar o‘tkazilgan.
Shuningdek, o‘zini Avstraliya federal politsiyasi ofitseri deb ko‘rsatgan 46 yoshli shaxs hibsga olingan.
Politsiya komissari yordamchisi Skott Lining so‘zlariga ko‘ra, politsiya guruh "aniq harakatlar qilishga uringani yoki shunday imkoniyatga egaligini isbotlovchi" dalil topolmagan.
"Biz har qanday ehtimoliy xavfli harakatning oldini olish uchun erta bosqichdayoq harakat qildik va yangi dalillar aniqlanishi bilan qo‘shimcha ayblovlarni ilgari suramiz", dedi u.
Mavzuga oid
15:43 / 13.05.2025
Taganskaya uyushgan jinoiy guruhi rahbari 25 yilga qamaldi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025