Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda uch yoshdan katta bolalarni Sinopharm vaksinasi bilan emlashga ruxsat berildi
Ma'lumot berilishicha, iyunda 900 nafar bolada vaksinaga immun javob monitoringi o‘tkazilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari hukumati uch yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlarni Xitoyning Sinopharm kompaniyasi vaksinasi bilan emlashga ruxsat berdi. Bu haqda Emirates News Agency xabar qildi.
Qayd etilishicha, klinik sinovlar va mutaxassislarning baholari asosida ushbu qaror qabul qilingan.
Reuters agentligining yozishicha, iyunda 900 nafar bolada vaksinaga immun javob monitoringi o‘tkazilgan.
Sinopharm vaksinasi sinovida esa Abu-Dabidagi hukmdor oila a'zolari qatnashgan.
BAA aholini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega davlatlardan biri bo‘lib, 1 avgust holatiga ko‘ra, aholining 70 foizdan ortig‘i to‘liq emlangan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025